Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Buxoro viloyati florasi kadastri (monografiya) nashr etildi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti tomonidan Buxoro viloyati oʼsimliklar kadastri monografiyasi nashr etildi. Monografiyada Buxoro viloyati florasida tarqalgan 67 oila, 340 turkumga mansub 765 turdagi yuksak oʼsimliklar kadastr roʼyxati, kamyob va yoʼqolish xavfi ostidagi oʼsimliklarning hayotiy shakli, ekologiyasi, tarqalishi, xoʼjalikdagi ahamiyati, muhofazaga ehtiyoj koʼrsatkichi geoaxborot tizimidagi (GАT) xaritalari hamda rangli fotosuratlari keltirilgan.

Institut olimlari tomonidan 2017-yildan 2020-yilga qadar Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari florsining toʼliq davlat kadastriga olingan yuksak oʼsimliklar roʼyxati, noyob va yoʼqolib borayotgan turlarning kadastri va monitoringi amalga oshirildi. 2020-yil iyul oyidan boshlab esa Toshkent viloyatining oʼsimliklar kadastri amalga oshirilmoqda.

Ushbu nashr etilgan monografiyalar botaniklar, ekologlar, tabiatni muhofaza qilish qoʼmitasi, oʼrmon xoʼjaligi qoʼmitasi, qoʼriqxonalar, milliy tabiat bogʼlar xodimlari, professor oʼqituvchilar, talabalar, ekoturistlar hamda oʼsimlik olami bilan qiziquvchilar uchun amaliyotda foydalanishlari uchun moʼljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!