Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Aylanma sanoat suvini tozalashning yangi texnologiyasi yaratildi


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari "Neftni qayta ishlash sanoatining aylanma suvlarini tozalash va yumshatish" yangi texnologiyasini ishlab chiqdilar.

 

Mavjud amaliyotda, neftni qayta ishlash zavodlarini sovutish uskunalari ishlab chiqarishda DStga to'liq mos kelmaydigan sanoat suvi ishlatiladi. Natijada, issiqlik almashinish qurilmalarining ichki yuzalariga qasmoqlar yig‘ilib qoladi, bu esa issiqlik almashinish jarayonlarining yomonlashishiga olib keladi. Shu sababli, sovitish va aylanma suvlarini tayyorlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Hozirda suvni tejash dolzarb muammoga aylanib borayotgan bir paytda, suv resurslarini boshqarishning yopiq tizimlari talab qilinmoqda.

Olimlar tomonidan yaratilgan yangi texnologiya "Neftni qayta ishlash sanoatining aylanma suvini tozalash va yumshatish" issiqlik almashinuvi uskunalarining ishlash muddatini ko'paytirishga, texnologik jarayonlar uchun texnologik suvni tejashga va sovutish jarayonlarining samaradorligini oshirishga olib keladi. Bundan tashqari, ushbu texnologiyadan foydalanish atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qo'shadi, chunki harorat bir necha darajaga ko'tarilgan suvni oqizmaydi, bu tabiiy suv omborlarining flora va faunasiga zararli ta'sir ko'rsatadi. Olimlar taklif qilgan yangi texnologiyalardan foydalanish bilan bog'liq holda ma'lum bir ekologik va iqtisodiy samaraga erishiladi.

Ushbu yangi texnologiya yordamida olingan natijalar issiqlik almashinuvi quvurlarining ichki yuzasida qasmoqlarning to'planishini bartaraf qiladi, issiqlik almashinuvi jarayonini yaxshilaydi va ularni tozalash muammosini hal qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!