Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

An’anaviy “Akademiada-2019” sport turining Mini futbol bo’yicha g’oliblar aniqlandi


Xar yilgi an’anaga ko‘ra bu yil ham O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Akademiada-2019 musobaqasi tashkil etildi.

 

2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda va 9 May “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan   O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va ishchi xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada jalb qilish, ularni jismoniy chiniqtirish, salomatliklarini mustaxkamlash hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etish, shuningdek  Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlarining sport turlari bo‘yicha  jamoasini shakllantirish maqsadida 9 may “Xotira va qadrlash kuni” hamda Respublikamiz mustaqilligining  27 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida ana’anaviy “AKADEMIADA”- sport musobaqalarining MINI FUTBOL turi  o‘tkazildi.

 

 

Musobaqalarga 24 ta jamoa 6 ta guruxga bo‘lingan xolda joriy yilning 11 - 13 aprel kuni saralash va final musobaqalariga START berildi.

 

 

    

 

    

 

GURUHLARARO saralash musobaqalaridan muvofaqiyatli o‘tgan 4 ta jamoa esa  2019 yil 13 aprel kuni MINI FUTBOL musobaqasida 1-2-3 o‘rin uchun kuch sinashdi.

Avvalo maydonga 3 o‘rin uchun Materialshunoslik va Astronomiya instituti jamaosi  kuch sinashdilar.

Natijaga ko‘ra xisob 2:1 bilan  yakunlanib Materialshunoslik instituti jamaosiga 3-o‘rin nasib etdi.

 

  

 

FINALDA Yadro fizikasi instituti  va Fanlar akademiyasining Qoraqolpog‘iston bo‘limi kuch sinashdi.

O‘yinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi, hisob 2:2, penaltilar seriyasida Yadro fizikasi instituti 4:3 hisobida g’alaba qozonib 1-o‘rinni egalladi, Fanlar akademiyasining Qoraqolpog‘iston bo‘limiga 2-o‘rin nasib etdi.

 

  

 

G‘olib jamaolar: 1-o‘rin sohiblari 2.500.000 sum, 2-o‘rin 2.000.000. so‘m 3-o‘rin 1.500.000 so‘m Pul mukofoti medal va diplom bilan tashkilotchilar tomonidan takdirlandi. Eng mohir va yetakchi 10 nafar o‘yinchilar faxriy yorlik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

  

 

 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bundan tashkari bugungi kunda Fanlar akademiyasi Ilmiy tadqiqot muassasalarida Fanlar akademiyasi ma’muriyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan  Sportning stol tennisi, shaxmat ( ayollar va erkaklar o‘rtasida) va yoshga oid ya’ni 18-34 yosh, 35-49 yosh va 50 yoshdan yuqori bo‘lgan xodimlar o‘rtasida Akademkross (ayollar va erkaklar aloxida aloxida) musobaqalarning  saralash bosqichlari tashkil etilmoqda.

Tashkilotchilarni asosiy maqsadi ilmiy tadqiqot muasasasi xodimlarni salomatliklarini tiklash ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, Fanlar akademiyasi jamoasini shakllantirishdan iborat.

Akademiada-2019 ning qolgan tur musobaqalari final bosqichi joriy yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Toshkent Botanika bog‘ida o‘tkaziladi.

Akademiada-2019 ning barcha tur g‘oliblari Fanlar akademiyasi ma’muriyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!