Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yana bir hamkorlik memorandiumi imzolandi


2019-yil 9-iyul kuni O‘mon Hujjat va arxivlarni saqlash bo‘yicha milliy boshqarmasi rahbari (vazir darajasida) janob al-Davayni Hamid Muhammad Zuvayhi (Al-Dhawuani Named Mohammed Dhuwaihi) boshchiligidagi delegatsiya a’zolari  (xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i o‘rinbosari al-Hajri Raya Amir Muhammad; muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i - al-Shekayli Hamid Soif Muhammad va boshq.) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga tashrif buyurdilar. Mehmonlar Institut faoliyati va yangi binosi bilan tanishib, o‘zaro hamkorlikning yangi ufqlarini belgilab oldilar.

Tashrif yakunida O‘zbekiston Respublikasi bilan O‘mon Sultonligi o‘rtasidagi a’lo darajadagi munosabatlar, ikki davlatning qo‘lyozma hamda tarixiy hujjatlar sohasidagi hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish istagidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan O‘mon sultonligi Hujjat va arxivlarni saqlash milliy boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandiumi imzolandi. Shuningdek, O‘mon Sultonligida tarixiy hujjatlarni asrab-avaylash va saqlash bo‘yicha  olib borilayotgan ishlar haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi.

 

Mehmonlar joriy yilning 12-iyul kuniga qadar O‘zbekistonda bo‘ladilar. 10-iyul kuni esa delegatsiya  a’zolarining O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi va Islom sivilizatsiya markaziga tashrif buyurib, suhbat o‘tkazishlari va o‘zaro hamkorlikning istiqbollarini belgilib olishlari  rejalashtirilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!