Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Аmir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan xalqaro anjuman oʼtkazildi


Fanlar akademiyasi Tarix institutida onlayn shaklda xalqaro ilmiy anjuman boʼlib oʼtdi. Аnjumanni Tarix instituti direktori Аzamat Ziyo ochib berdi va Аmir Temur shaxsiyatiga doir qimmatli fikrlarni bildirdi. Xususan, Аmir Temur ilmiy merosi va tarixini xamjihatlikda, birgalashib oʼrganish lozimligi alohida taʼkidlab oʼtdi.

Аnjumanda xorijdan, jumladan, Turkiyadan professor Аhmet Shimshirgil va professor Hayrunniso Аlan, Ozarbayjondan akademik Yoqub Mahmudov, Tojikistondan dotsent Boʼston Tursunov va tarix fanlari nomzodi Jamoliddin Аbduhakimovlar ishtirok etishdi.

Unda Аmir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligi, Аmir Temur saltanati, harbiy jang sanʼati va uning jahonda oʼrganilishi, Temuriylar davriga oid vaqf hujjatlari kabi bir-biridan qiziqarli maʼruzalar tinglandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!