Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Sa’dulla Bahramov bilan onlayn suhbat o'tkazildi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda o’tkazilayotgan “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasining bu galgi mehmoni fizik olim, OʻzR FA akademigi Sa’dulla Bahramov bo’ldilar.

Ushbu onlayn suhbat Zoom platformasida bo’lib o’tdi. Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Nukus shahridagi Prezident maktabi o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etdi.

Onlayn suhbatda akademik Sa’dulla Bahramov o’quvchilarga o’zining ilmiy izlanishlari, fizika faniga qiziqishi va bu sohaga kirib kelishi, ustozlari haqida gapirib berdi va o’quvchilar ham o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Akademik Sa’dulla Bahramov o’quvchilarni o’qishga, izlanishga va davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishga chorladi. Suhbat ishtirokchilari akademik Sa’dulla Bahramovga o’z minnatdorchiligini bildirdilar va bunaqa uchrashuvlar davomli uyushtirilishi istagida ekanliklarini ta'kidladilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!