Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasining keyingi mehmoni akademik Abbosxon To’rayev


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda tashkil etilayotgan “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasining keyingi mehmoni  O’zR FA akademigi To’rayev Abbosxon Sabirxanovich bo’ladilar.

 

Onlayn suhbat joriy yil 30-sentyabr kuni soat 15:00da bo’lib o’tadi. Onlayn suhbatda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o’quvchilari, yosh olimlar va qiziquvchilar quyidagi havola orqali ishtirok etishlari mumkin:

https://us02web.zoom.us/j/89703617104?pwd=WkhuS0xHRDRqN09qQ0JOd2FhcHUwQT09   

 

Konferensiya identifikatori: 897 0361 7104

Parol: 12345

 

Ma’lumot o’rnida, Аbbosxon Turayev bioorganik kimyo sohasida polisaxaridlarni va gidrofil makromolekulyar sistemalarni olish, tibbiy-biologik xususiyatlarini oʼrganish va ular asosida yoʼnaltirilgan taʼsirga ega dori vositalari, belgilangan xususiyatga ega jarrohlik jihozlarini yaratish boʼyicha maktab yaratgan olimdir. U polisaxaridlarni modifikatsiyalashning yangi qonuniyatlari, gidrofil makromolekulyar sistemalar sintezi, mazkur sistemalarning tirik organizmlar bilan oʼzaro taʼsir mexanizmlarini oʼrganishdagi chuqur fundamental izlanishlari bilan bioorganik kimyo sohasiga katta hissa qoʼshgan olim sifatida tanilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!