Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Аkademik Baxtiyor Nazarovning 75 yoshi munosabati bilan xalqaro konferensiya oʼtkazildi


2020 yil 16-19-sentyabr kunlari Oʼzbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Baxtiyor Nazarov tavalludining 75 yilligi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti, Akademik B.Gʼafurov nomidagi Xoʼjand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Qoʼqon davlat pedagogika instituti hamkorligida “Аdabiyotshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy onlayn konferensiya oʼtkazildi.

 

To’rt kun davom etgan konferensiya ishi to’rtta shoʼbada olib borildi. Аlisher Navoiy shoʼbasida mumtoz adabiyotni oʼrganishning turli masalalari, Muso Toshmuhammad oʼgʼli Oybek shoʼbasida zamonaviy adabiyotni, xususan nasriy asarlarni oʼrganish va oʼrgatish, Аbdulla Oripov shoʼbasi folklor va zamonaviy adabiyotni, xususan sheʼriy asarlarni oʼrganish va oʼrgatish, Ozod Sharafiddinov shoʼbasi folklor, tarjimashunoslik, adabiy aloqalar va adabiyotni oʼqitishning turli masalalari haqidagi ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi, o’zaro fikr almashildi. Har bir shoʼbada respublikamiz va xorijdan 40 nafarga yaqin adabiyotshunoslar ishtirok etdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!