Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Akademiada” sport musobaqalari o'tkazildi


Joriy yil 11-iyun kuni Toshkent Botanika bog’ida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zR FA Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan FA xodimlari o'rtasida  “Akademiada” sport musobaqalari o'tkazildi.

 

Ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari “Akademkross” ayollar va erkaklar (18-35 yosh, 36-55 yosh va 55 yoshdan yuqori xodimlar), stol tennisi, shaxmat ( ayollar va erkaklar) sport turlari bo’yicha o’zaro kuch sinashdi.

“Аkademiada-2022” sport musobaqalarining “Аkademkoross”, badminton, shaxmat va stol tennisi boʼyicha 1-oʼrin gʼoliblari 1-darajali diplom va 500.000 (besh yuz ming) soʼm, 2-oʼrin gʼoliblari 2-darajali diplom va 450.000 ( toʼrt yuz ellik ming) soʼm, 3- oʼrin gʼoliblari 3-darajali diplom va 400.000 (toʼrt yuz ming) soʼm miqdorida pul mukofoti va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

 

Eslatib o’tamiz, joriy yil 4-5-iyun kunlari “Rahbar kubogi” uchun badminton (ayollar va erkaklar), Mini futbol (erkaklar) oʼrtasida, “Аkademiada-2022” sport musobaqalari final bosqichi o’tkazilgan edi. Mini futbol sport turi boʼyicha 1- oʼrin gʼoliblari 1-darajali diplom va 4.000.000 soʼm, 2-oʼrin gʼoliblari 2-darajali diplom va 3.500.000 soʼm, 3-oʼrin gʼoliblari 3-darajali diplom va 3.000.000 soʼm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!