Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Akademiada-2019" sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi


Har yilgi an’anaga ko‘ra, bu yil ham O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 2019-yil 20-aprel kuni O‘zR FA Toshkent Botanika bog‘ida “Akademiada-2019” sport musobaqalari o‘tkazildi.

 

Unga ko‘ra sportning stol tennisi, shaxmat ( ayollar va erkaklar o‘rtasida) va yoshga oid Akademkross (18-34 yosh, 35-49 yosh va 50 yoshdan yuqori) musobaqalari tashkil etildi.

Sportning stol tennisi turida erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni Yadro fizikasi institutidan Eldor Karimboyev, 2-o‘rinni Materialshunoslik institutidan Akmal Qo‘chqorov, 3-o‘rinni Astronomiya institutidan Qudratilla Yo‘ldoshev, ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni Materialshunoslik institutidan Dildora Ermatova, 2-o‘rinni Yadro fizikasi institutitdan Iroda Yuldasheva, 3-o‘rinni Seysmologiya institutidan Mashkura Sagatovalar egalladi.

Shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Astronomiya institutidan Chori Sherdonovga, 2-o‘rin O‘simlik moddalari kimyosi institutidan Hamid Xodjaniyozovga, 3-o‘rin Arxeologik tadqiqotlar institutidan Baxtiyor Sayfullayevga, ayollar o‘rtasida 1-o‘rin Umumiy va noorganik kimyo institutidan Karomat Nazarqulovaga, 2-o‘rin O‘simlik moddalari kimyosi institutidan Visola To‘xtaliyevaga, 3-o‘rin Genomika va bioinformatika markazidan Nodira Raxmatovaga nasib etdi.

Akademkross 18-35 yoshli erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni Zoologiya institutidan Asqar Quvatov, 2-o‘rinni O‘simlik moddalari kimyosi institutidan Shohrux Ibatov, 3-o‘rinni Arxeologik tadqiqotlar institutidan Komiljon Hakimov, ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni Materialshunoslik institutidan Muxlisa Yo‘ldoshboyeva, 2-o‘rinni Umumiy va noorganik kimyo institutidan Mashhura Yo‘lbarsova, 3-o‘rinni Botanika institutidan Dilafruz Jamalovalar qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 35-49 yoshli erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin O‘simlik moddalari institutidan Botir Abduazimov, 2-3-o‘rinlar Materialshunoslik institutidan Shermatov Javohir hamda Abdug‘ani Meliboyevlar, ayollar o‘rtasida 1-o‘rin Xalqaro Quyosh energiyasi institutidan Jamila Kamolova, 2-o‘rin Materialshunoslik institutidan Malika Rajapova, 3-o‘rin Polimerlar kimyosi institutidan Dilorom Asraqulova, 50 yoshdan yuqori bo‘lgan erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Fizika-texnika institutidan Faxriddin Qosimov, 2-o‘rin Materialshunoslik institutidan Komil Xolov, 3-o‘rin Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutidan Saydig‘ani Nabiyev, ayollar o‘rtasida 1-o‘rin O‘simlik moddalari kimyosi institutidan Klara Jauinbayeva, 2-o‘rin FA Navoiy bo‘limidan Halima Suyarova, 3-o‘rin O‘simlik moddalari kimyosi institutidan Rimma Pirmamedovaga nasib etdi.

       

G‘oliblar Fanlar akademiyasi ma’muriyati va  O‘zR FA Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!