Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Akademiada-2018” sport musobaqasi bo’lib o’tdi


Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilgan. Bu jarayonda aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlar o’rtasida tashkil etilayotgan musobaqalar, sport tadbirlari ularning hayotiy faolligini, mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Har yilgi an’anaga ko’ra bu yil ham O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan “Akademiada-2018” sport musobaqasi tashkil etildi. Bunda ishtirokchilar sportning stol tennisi, shaxmat va yoshga oid Akademkross turlari bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar.

    

Barcha tur g’oliblari Fanlar akademiyasi ma’muriyati va  Birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

  

  

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!