Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Adabiy meros” ilmiy elektron jurnali nashrdan chiqarildi


Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan O'zR FA Alisher  Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi “Adabiy meros” nomli ilmiy elektron jurnalni nashrdan chiqardi.

Jurnalda adabiyotshunoslikda o'z maktabini yaratgan fidoyi olimlar va adabiy jarayonni namoyish etuvchi eng yangi ilmiy asarlar haqida tanqidiy, bibliografik xarakterdagi maqolalar o'rin olib boradi.

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga armug'on sifatida  tayyorlangan ushbu sonda “Qadimiy bitiklar”, “Navoiy abadiyati”, “Manbashunoslik va matnshunoslik”, “Jadid adabiyoti” “Tilshunoslik”, “Oltin beshik” kabi ruknlarda ko'pgina yangiliklarga boy va ilmiy jihatdan muhim hisoblangan qiziqarli maqolalari o'rin olgan.

Jurnalda mamlakatimizning folklorshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi eng yetuk olimlari bilan bir qatorda AQSh, Germaniya, Turkiya, Koreya, Rossiya, Qozoqiston, Qirg'iziton, Ozarboyjon kabi mamlakatlarning  taniqli olimlarining maqolalari o'rin olish bilan birga, jurnal tahrir hay'atidan ham ko'pgina xalqaro miqyosdagi olimlar joy olishgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!