Qoraqalpog‘istondagi yarmarkada Navoiy bo‘limi ishtirok etdi

2021-yilning 17-18-iyun kunlari Nukus shahrida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tabiiy va mineral resurslarni qayta ishlash, neft va gaz, kimyo, elektroenergetika, qurilish hamda elektrotexnika sanoatida o‘z faoliyatini olib boradigan korxona, tashkilot va kompaniyalarning mahsulotlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Yarmarkada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi ham o‘z ishlanmalari bilan qatnashdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxtining aholisi va mehmonlari Bo‘limning quyidagi mahsulotlar namunalari bilan qiziqdilar. Bular “Vaush” konining kvars qumlari, dolomit va bentonitladir. Birinchi noma'dan foydali qazilmani qurilish va shisha sanoatida xom ashyo sifatida qo‘llash mumkin. Ikkinchisini – olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda keng qo‘llanadigan magenzitni olish hamda undan sof magniy ajratib olish uchun. Uchinchisi esa kukunsimon shaklida - yog‘larni tozalash va oqartirishda foydalanish uchun.

Shuni ta'kidlash joizki, bentonit namlikni shimib olib saqlaydigan sorbent hisoblanadi. Uning ushbu xususiyati qishloq xo‘jaliki ekinlarining urug‘larini, ayniqsa chigitni, bentonit kukuni bilan qobiqlab ekish texnologiyasini yaratishga asos bo‘ldi. Ushbu konning bentonitini neft-gaz quduqlarini burg‘ulashda faol yuvuvchi suyuqliklar sifatida foydalanish ham mumkin.

Bundan tashqari, Bo‘lim olimlari tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya yordamida Toshqazgan koni ma'danidan olingan elektrotexnika, metallurgiya va kimyo sanoatida foydalanishga yaroqli bo‘lgan grafit namunalari va boshqa mahsulotlar taqdim etildi.