Oʼzbekiston GBIF Xalqaro portaliga aʼzo boʼldi

Oʼzbekiston - GBIF (Global Biodiversity Information Facility, www.gbif.org) bioxilma-xillik boʼyicha xalqaro portaliga aʼzo (associate participant) boʼldi.

Biologik xilma-xillik obyektlarining GBIF (Global Biodiversity Information Facility, www.gbif.org) xalqaro elektron portali tirik organizmlarning 1387163619 dan kuzatuv nuqtalarini oʼziga jamlagan dunyoda eng yirik maʼlumotlar bazasi hisoblanadi. Respublikadagi biologiya sohasida tadqiqot olib boradigan ilmiy muassasalar, oliy oʼquv yurtlarining olimlari bu ulkan maʼlumotlar massividan foydalanish uchun katta ehtiyoj sezmoqdalar. Oʼz navbatida GBIF Oʼzbekiston Respublikasini haqiqiy aʼzo sifatida qabul qilinishidan manfatdor ekanligini bayon etgan. Mavjud ilmiy muassasalarni ehtiyojini qondirish katta ijobiy ahamiyatga ega boʼlib, bunda:

1. Ushbu portalga Oʼzbekistonni aʼzo boʼlishi maʼlumotlarning mazkur ulkan bazadan foydalanish imkoniyatini ochadi.

2. Oʼsimlik va hayvonot olami obyektlari boʼyicha olib boriladigan barcha ilmiy tadqiqotlarda eng oxirgi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi.

3. Аyni paytda portal Oʼzbekiston hududidan olingan maʼlumotlar bilan boyitib boriladi va mahalliy ilmiy-tadqiqot muassalalarining jahon faniga integratsiyasini taʼminlaydi.