O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti

Direktor

 

Ziyoyev Azamat Hamidovich

Tarix fanlari doktori
azamatziyo@fati.uz
(+998 71) 233-54-70
Bog'lanish
Manzil: 100060, Toshkent sh., Shaxrisabz tor ko`chasi, 5
Direktor: Ziyoyev Azamat Hamidovich
Telefon: (+998 71) 233-54-70
Faks: (+998 71) 233-39-91
Sayt: fati.uz

 

Tarix instituti (1970-yilgacha – O’zSSR FA Tarix va arxeologiya instituti) 1943-yilda SSSR Fanlar akademiyasi O’zbek filiali Til, adabiyot va tarix instituti asosida tashkil etilgan. Institut qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo’lgan O’zbekistonning tarixi, etnogenezi, moddiy va ma’naviy madaniyatini o’rganishga katta hissa qo’shgan. Institut faoliyatidagi tub o’zgarishlar O’zbekiston mustaqillika erishgach amalga oshirilgan. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq institut xodimlari sovet davrida tariximizning o’rganilmagan yoki buzib talqin etilgan jabhalariga katta e’tibor qarata boshlashdi. O’zbekiston tarixining ko’plab muammolari o’zining xolisona baxosini oldi.

O’zbekiston hukmati RespublikŠ°da tarix fanining rivojlanishi uchun kerakli sharoitlarni yaratdi va moddiy-texnik yordamni ko’rsatdi. Hozirda Institut tarkibida quyidagi bo’limlar faoliyat yuritmoqda: Qadimgi va o’rta asrlar davri tarixi, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari O’zbekiston tarixi, tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari, etnologiya va antropologiya; yangi va eng yangi davr tarixi bo’limi. Yangi nashrlar yaratilgan: “O‘zbekiston tarixi” maxsus tarixiy jurnali, ilmiy nashrlarning davriy to’plamlari, “O’zbekiston tarixining yangi sahifalari” ilmiy-ommabop risolalar seriyasi.

Institut respublikada ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlovchi markaz hisoblanadi. O’zbekiston tarixining zamonaviy metodologiyasi tamoillari tarixiylik, xolislik, milliy va umuminsoniy manfaatlardir. Tarixiy o’tmishni tiklashga avvallari noma’lum yoki yopiq bo’lgan manbalar jalb etilmoqda. O’zbekiston davlatchiligi va xalqi tarixining xorijiy tarixshunosligini o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. AQSH, Yevropa, Osiya va MDH davlatlaridagi tadqiqot markazlari bilan Markaziy Osiyoni o’rganish bo’yicha ilmiy aloqalar rivojlanmoqda.

So’nggi yillarda qadimgi va o’rta asrlar etnologiyasi, moddiy madaniyat, O’zbekiston tarixining mustamlaka davri bo’yicha ko’plab ishlar yaratildi. O’zbekiston tarixining eng yangi davri (mustaqillik davri) tarixni yoritishga bag’ishlangan fundamental ish yakunlanmoqda. O‘zR FA Tarix instituti bazasida O‘zR Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zR Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda akademik Ya.G‘.G‘ulomov nomidagi “O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi” Respublika ilmiy-amaliy seminari tashkil etilgan. Institut har yili quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha doktoranturaga qabulni amalga oshimoqda: O’zbekiston tarixi; Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari; etnologiya va antropologiya, fan va texnologiyalar tarixi.