“InnoWeek-2019” yarmarkasi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “InnoWeek-2019” Ikkinchi xalqaro innovatsion g‘oyalar yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Ushbu yarmarkada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.

 

Yarmarka keng jamoatchilikni ilm-fan va ta'lim yutuqlari to'g'risida xabardor qilishga yordam beradi va mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.