Immunologiya sohasi muammolariga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti tomonidan 2018-yil 24-26sentabr kunlari “Immunologiya – sohalararo muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi.

Anjuman 24-25-sentabr kunlari International Hotel Tashkent mehmonxonasida, 26-sentabr kuni Buxoro shahrida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida boʻlib oʻtadi.

Ushbu konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz!