FА Fizika-texnika instituti hamda «MISiS»ning Olmaliq filiali oʼrtasida memorandum imzolandi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti hamda Rossiyaning Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga asosan tomonlar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida energiya samaradorlikni oshirish, chiqindi gaz issiqligidan samarali foydalanish, yarimoʼtkazgichli datchiklar ishlab chiqish, hamkorlikda kadrlar tayyorlash hamda bir qator boshqa yoʼnalishlarda keng qamrovli loyihalar ustida hamkorlikda ish olib borishadi.