Аkademik Vladimir Kim vafot etdi

 

Oʼzbekiston ilm-fani ogʼir judolikka uchradi.

Qishloq xoʼjaligi iqtisodiyoti sohasida yirik olim, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Kim Vladimir Vasilevich 2021-yilning 8-aprel kuni 92 yoshida vafot etdi.

Аtoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Vladimir Kimning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.