Akademik Toʼra Mirzayev vafot etdi

O'zbek ilm-fani og'ir judolikka uchradi.
Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, folklorshunos olim, OʼzR FA akademigi  Toʼra Mirzayev 2020-yil 29-sentyabrda 84 yoshida vafot etdi.

Marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda ko’p sonli shogirdlari nomidan chuqur hamdardligimizni bildiramiz.
Аtoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Toʼra Mirzayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.