Аkademik Baxtiyor Nazarov vafot etdi

 Oʼzbek ilm-fani ogʼir judolikka uchradi.

Oʼzbekiston Respublikasi Fan arbobi, Fanlar akademiyasi akademigi, oʼzbek adabiyotshunosligidagi yirik olim, koʼplab shogirdlarning ustozi Baxtiyor Аminovich Nazarov 2022-yil 18-yanvarda 77 yoshida vafot etdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.