Xorijdagi matematik vatandoshlardan yana bir onlayn dars!

O'zR FA Matematika instituti olimlari tashabbusi bilan talabalar va yosh olimlar uchun 2020-yil 16-iyulidan haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 11:30 da "p-adik analizga kirish" mavzusida onlayn darslari tashkil etilmoqda. 

"p-adik analizga kirish" mavzusida Yozgi matematika maktabining navbatdagi onlayn darsi 2020-yil 17-avgust kuni soat 11:30 da oʼtkaziladi. Ushbu darsda bugungi kunda noarximed oʼlchovlar nazariyasi va dinamik sistemalari boʼyicha ilmiy faoliyat olib borayotgan yetuk olim, vatandoshimiz, Birlashgan Аrab Аmirliklari universiteti professori Farrux Muxammedov “p-adik analiz va uning tatbiqlari” mavzusida maʼruza qiladi. 

Zoom havolasi: https://us02web.zoom.us/j/4436306813 
Identifikator: 443 630 6813