O'zbekiston olimlari birinchi MAS g'o'za navlariga patent olishdi

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi marker bilan bog'liq selektsiya texnologiyasidan foydalangan holda birinchi ishlab chiqarilgan Ravnak-1 (NAP 00228 raqami) va Ravnak-2 (NAP 00229 raqamli) navlariga patent berdi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi olimlari ko'p yillar davomida g'o'za genomini o'rganish bo'yicha muvaffaqiyatli tadqiqotlar olib borishmoqda. Genlarni xaritalash sohasidagi tub yutuqlarga asoslanib, DNK markerlari panellari va g'o'za uchun marker bilan bog'liq seleksiya (MAS) texnologiyasi yaratildi. Izlanishlar natijasida markaz olimlari ushbu DNK texnologiyasi asosida yangi yuqori sifatli Ravnak-1 va Ravnak-2 g'o'za navlarini olishdi. Bugungi kunda bular MAS texnologiyasidan foydalanib yaratilgan dunyodagi yagona rayonlashtirilgan g'o'za navlaridir.