Mikrobiologiya sohasida hamkorlik Memorandumi

O‘zR FA Mikrobiologiya instituti direktori, b.f.d., professor Qaxramon Davranov Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizika va kimyo texnologiyalari institutining direktori o‘rinbosari, professor Xoji Akber Aisaning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasida ilmiy safarda bo‘ldi.

Safarning asosiy maqsadi Xitoy mamlakatida mikrobiologiya fanining rivojlanishini bugungi kundagi holati bilan tanishish va O‘zR FA Mikrobiologiya institutida olib borilayotgan ilmiy va amaliy yo‘nalishlar bilan tanishtirishdan iborat edi.

Professor Q.Davronov o‘simlik moddalari kimyosi bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etdi va Xitoy FA Mikrobiologiya instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari professor Hua Hiang institut faoliyati bilan tanishdi.

 

Mikroorganizmlar muzeyi direktori Junsai Ma, laboratoriya mudirlari professorlar Songdong Meng, Min Fan lar bilan tanishib, ularning laboratoriyalarida olib borilayotgan tadqiqotlar, olingan natijalar, erishilgan yutuqlar va chop etilgan maqolalar haqida ma’lumotlar oldi.

Tashrif yakunida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Uning doirasida O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.