Ilmiy kadrlar tayyorlash

Ilm-fan sohasida olib borilgan islohotlar natijasida, 2022-yanvar holatiga Fanlar akademiyasi tizimida 35 ta ilmiy tashkilot, jumladan 4 ta markaz, 3 ta muzey va boshqa yordamchi-xoʼjalik tashkilotlar mavjud. Ularda 5413 nafar xodim, jumladan 2922 nafar ilmiy xodim, 506 nafar fan doktori, 868 nafar fan nomzodi (falsafa doktori) faoliyat olib bormoqda. Hozirda FA akademiklari 66 nafarni tashkil etadi.

Ushbu raqamlarga fan yoʼnalishlari kesimida nazar tashlaydigan boʼlsak, fizika-matematika va texnika fanlari - 1829, kimyo-biologiya va tibbiyot fanlari - 1957, ijtimoiy-gumanitar - 1163 nafarni tashkil etadi. Xodimlarning oʼrtacha yoshi - 48,5 ni tashkil qiladi.