Ilmiy-amaliy konferensiya ochilishi

2018-yil 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A.Azimov nomidagi “Fizika – Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutida “O‘rta Osiyoning elektr energetikasi tizimini rivojlanish yondashuvi tizimning yuqori darajadagi integratsiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikalaridan energetika sohasi tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi oliy ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etishdi. Konferensiyaning asosiy maqsadi – qayta tizimga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yuqori darajadagi integratsiyasi sharoitlarida Markaziy Osiyo mamlakatlarida elektr energetikasini rivojlantirish masalalarini muhokama etishdir.