Ilmiy aloqalar rivoji

2018 yil 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutiga Rossiyaning yetakchi oliygohlaridan biriD.I.Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiyalari universiteti rektori Majuga Aleksandr Georgiyevich tashrif buyurdi. Mehmonni Institut direktori Sh.Sh.Sagdullayev kutib oldi va majlislar zalida ilm-fan, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordi. So‘ngra mehmon muassasa faoliyati, laboratoriyalar, yangi ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi. A.G.Majuga Institutda amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berib, amaliy ishlar bo‘yicha organik sintez, kimyo-farmatsevtika hamda kadrlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidladi va samimiy uchrashuv uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.