O'zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix muzeyi

Direktor

 

Ismailova Jannat Hamidovna 

Fan doktori
info-historymuseum@academy.uz
(871) 262-38-23
Bog'lanish
Manzil: 100084, Toshkent sh., Yunusobod tumani,  Sh.Rashidova ko'chasi 3
Direktor: Ismailova Jannat Hamidovna 
Telefon: (+998 71) 239-10-83
Faks: (+998 71) 239-10-83
Sayt: history-museum.uz

O'zbekistonda ilk bora muzey qoshida “Mo''jizalar olamida” bolalar muzeyi tashkil etildi. 4 yoshdan 14 yoshgacha  bo'lgan bolalarga mo'ljallangan mazkur muzey 2011 yil 19 avgustda ochilib, hozirgi kunda muzeyga tashrif buyuruvchilarva bog’cha bolalari soni bir necha bora ortdi. Ushbu muzey bolalarning tarix fani bo'yicha bilimlarini shakillantiradi va rivojlantiradi, ularni tarixiy lug’at bilan muloqoti uchun zamin yaratadi. Muhimi bolalar muzeyga kirganda nafaqat uni tomosha qiladi, balki turli  mashg’ulotlarni bajarish, boshqa bolalar bilan hamkorlikda ishlash, qiziqqan narsalarni qo'llari bilan ushlab ko'rishlari yoki yasab ko'rishlari mumkin. Bolalar muzeyi “Yosh arxeologlar”; “Yosh kulol”; “Yozuv tarixi”; “O'zbekiston ne'matlari” bo'limlaridan iborat bo'lib, bolalarning barcha qiziqishlarini qoniqtiruvchi  va ijodiy intilishlariga keng yo'l ochib beruvchi bilim manbai sifatida xizmat qilib kelmoqda.