FА Tarix instituti hamda “Oʼzarxiv” agentligi hamkorligi

OʼzR FА Tarix instituti hamda OʼzR “Oʼzarxiv” agentligi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuv Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020-yil 16-mayda oʼtkazilgan majlisining 1-bayoni 13-bandiga koʼra tayyorlangan “Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasi “Oʼzarxiv” agentligi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 72-son qarorida qoʼyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda imzolandi.

foto: "O'zarxiv" agentligi axborot xizmati

Kelishuvga koʼra, “Oʼzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari fondlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlarini aniqlash va ulardan ilmiy-maʼrifiy yoʼnalishlarda unumli foydalanish, arxiv hujjatlaridan keng foydalanishga qaratilgan birgalikdagi fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalar dasturlarini ishlab chiqish va bajarish, arxivshunoslik va manbashunoslik yoʼnalishlarida ilmiy darajali (tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) va tarix fanlari doktori (DcS) mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qilish, hamkorlikda arxiv manbashunosligi va arxeografiya yoʼnalishlari boʼyicha arxiv hujjatlari toʼplamlari, ilmiy nashrlar, yoʼlkoʼrsatkichlari, hujjatli filьmlar, videoroliklarni tayyorlash, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarini tashkil etish va oʼtkazish, “Oʼzbekiston tarixi” jurnalining “Hujjatlar tilga kirganda” maxsus ruknida noyob arxiv hujjatlarini muntazam ravishda yoritib borish, muntazam ravishda teleradio dasturlariga ruknlar tayyorlash, matbuot anjumanlari tashkil etish kabi hamkorlik yoʼnalishlari koʼzda tutilgan.

 Ushbu hamkorlik Oʼzbekiston tarixi fani rivojiga xizmat qiladi.