Abduhalimov Bahrom Abduraximovich

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha vitse-prezidenti (2017-yildan hozirgi vaqtgacha).

Tarix fanlari doktori, professor.

Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.

1959-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan.

1981-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU) Sharq fakulteti, arab bo'limini tugatgan.

O’zR FA Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo’lim boshlig’i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, direktor, Toshkentdagi Vestminstr universitetining prorektori, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan 4 ta monografiya muallifi.

2 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.

2020-yilda "Mehnat shuxrati" ordeni bilan taqdirlangan.