Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan 2022-yil tayanch doktorantura va doktorantura uchun qabul e'lon qilinadi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tasarrufidagi tayanch doktorantura va doktoranturaga 2022- yil uchun quyidagi ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha

QАBUL E’LON QILINАDI:

•           fizika-matematika va texnika;

•           tabiiy fanlar;

•           ijtimoiy-gumanitar fanlar.

 

Qabulga tegishli barcha zarur maʼlumotlar va talablar bilan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va markazlari hamda mintaqaviy boʼlimlarida tanishish mumkin.

Hujjatlar 2021-yilning 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2021-yilning 1-25-noyabr davrida boʼlib oʼtadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

-           chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʼrganilgan xorijiy til);

-           mutaxassislik.

 

Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

-           oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplomga ega boʼlish;

-           muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferentsiyalarda tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlariga kiritilgan ikkita maʼruza-tezisga ega boʼlish;

-           xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;

-           zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.

 

Doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

-           fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;

-           fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olingandan soʼng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʼlish.

 

Boshqa shaharlardan kelgan mutaxassislar yotoqxona bilan taʼminlanadilar.

Qoʼshimcha maʼlumot va qabul kvotalarini www.academy.uz  saytidan olish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 233-59-46, 236-77-07.