1200 gektarga Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari tomonidan yaratilgan “Niyat” gʼoʼza navi urugʼlarini ekish ishlari boshlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topishiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan 17-son majlis ijrosi boʼyicha Xorazm viloyatida yangi tashkil qilingan Tuproqqalʼa tumanining Tuproqqalʼa massivida 1200 gektarga Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari tomonidan yaratilgan “Niyat” gʼoʼza navi urugʼlarini fermerlar tomonidan ekish ishlari boshlandi.