Ko'ngil armug'oni

Tarovati beqiyos bahor bilan hamohang, tafti quyoshdan iliq bo'lgan, tabiatning betakror xilqati, uyimiz farishtasi, qalbimiz malikasi, munis va mo'tabar ayollar! Sizlar bor xonadonimiz fayzli, sizlar bor ko'nglimiz koshona va tole'imiz porloq, mehringiz qatrasidan hayot charxpalagi aylanishda davom etarkan, sizga bo`lgan hurmat va ehtiromimiz ham bardavomdir! Go`zal, orasta, diyonatli, sadoqatli, mehribon, shirinso'z, samimiy, hayoli, iboli, xullas, qancha ijobiy so'z aytish lozim bo'lsa, barchasi sizlar uchun armug'on!
Barchangizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! Hamisha hurmat va e'zozga sazovor bo'lib yashang, go'zallik also tark etmasin!

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi.