8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan o’tkazilgan tadbirlar

O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 103 yilligi va 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan 1-2 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O’zbekiston tarixi muzeyida  O’zbekiston Respublikasi MXX chegara qo’shinlari bilan hamkorlikda “Ayolga ehtirom – onaga sharaf” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar o’tkazildi. Tadbirlarda akademik ayollar va olimalar, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi bo’limi boshlig’i G.Matkarimova, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira S.To’ychiyeva, O’zbek Davlat Drama teatri aktyor va aktrisalari Y.Asqarov, T.Mirmaqsudova, F.Meliboyeva, “Zulfiya” mukofoti sovrindori G.Ibrohimova hamda Chegara qo’shinlarida faoliyat yurituvchi harbiy ayollar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirok etishdi.