Qishloq xo‘jaligi sohasini innovatsion rivojlantirish istiqbollari

2018 yil 21 fevral kuni O‘zbekiston Repsublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumida olimlar va qishloq xo‘jaligi vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi qoshida qishloq xo‘jaligi sohasini innovatsion rivojlantirish uchun ho‘jalik hisobidagi yangi tuzilma tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda akademiklar T.F.Aripov, S.Sh.Rashidova, J.S.Sattarov va ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari qatnashib, o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar.

Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan ushbu Markaz ilm-fan yutuqlarini qishloq xo‘jaligi sohasiga joriy etish, qishloq xo‘jaligi sohasining respublikamiz iqtisodiyotida tutadigan o‘rnini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.