Jurnallar faoliyati tanqidiy ko’rib chiqildi

2018-yil 1-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muassisligida nashr etiladigan jurnallar faoliyatini takomillashtirishga doir yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yuldashev so’zga chiqib, jurnallar faoliyatidagi yutuqlar va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo’llari to’g’risida to’xtalib o’tdi. Jurnallar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bundan tashqari, akademiklar Sh.A.Ayupov, T.F.Aripov, Sh.A.Egamberdiev,  t.f.d., prof., D.Alimova va f.-m.f.d., prof., E.A.Zaxidov so’zga chiqib, o’z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar.